Tegirmonning charxpalagi
2020
she'r
Alyorim qolur
TEGIRMONNING CHARXPALAGI
Tegirmonning charxpalagi aylanarmi-yo?
Qizginaning ko‘ngli menga boylanarmi-yo?
Boylansa zorim bor, boylanmasa zo‘rim yo‘q,
Qanot yozib, yonginamga shaylanarmi-yo?
Samarqandning soyidagi uzuk bo‘laymi?
Momiq bilagingga bilakuzuk bo‘laymi?
Na desang ham roziman, yor, men senga maftun,
Shamol bo‘lib yonginangga yelaymi?
Ko‘rishib ham ko'rmay turib ketganingda-yo
Har nigohing menga otgan toshlaringmi-yo?
Kiprik to‘la munchoq-munchoq yoshlaringmi-yo?
Ko‘zlaringda yaltiragan surmalarmi-yo?
Tegirmonning charxpalagi aylanarmi-yo?
Qizginaning ko‘ngli menga boylanarmi-yo?
Boylansa zorim bor, boylanmasa zo‘rim yo‘q,
Qanot yozib, yonginamga shaylanarmi-yo?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish