Mavluda qiz

2020 she'r Alyorim qolur

MAVLUDA QIZ Bo‘ynima tortiq etib arg‘amchi, yor, Ketdingizmi, alvido, aldamchi yor. Bizni zor tashlab ketib, orzungizga Yetdingizmi, alvido, aldamchi yor! Siz-ku yor bo‘lmadingiz, Mavluda qiz, Bizga ham bordir biror hovlida qiz. Yulduzimsiz dedingiz, bir yoniboq — O‘chdingizmi, alvido, aldamchi yor. Tengi yo‘q Muhammadingiz bahridan Kechdingizmi, alvido, aldamchi yor! Siz-ku yor bo‘lmadingiz, Mavluda qiz, Bizga ham bordir biror hovlida qiz. U1 sanamning uyi saroy bo‘lmasa ham, Paxsa tom, paxsa devor hovlida qiz. Yo‘l qarab, kunlar sanar biz kabi, bir Bizga mushtoq, bizga zor, hovlida qiz. Siz-ku yor bo‘lmadingiz, Mavluda qiz, Bizga ham bordir biror hovlida qiz.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.