Iltijo
2020
she'r
Alyorim qolur
ILTIJO
Alda meni,
Aldagani o‘zim yaxshi.
Nima desang, men bariga ishonaman.
Qizg‘aldoqday qizlar kulib tursa, boqmay,
Suyib, seni saylagan sho‘r peshonaman.
O, yuzlari to‘lin oydan chiroyligim,
Gohida gul, gohida tosh yurakligim.
Bu dunyoda hammadan ham kerakligim,
Alda meni.
Yerda yursam, ko‘rolmasin do‘stim, sotsin,
Yulduzga bosh qo‘yib yotsam, toshlar otsin.
Oftob chiqsa, ko‘kragimga cho‘g‘lar botsin,
Alda meni.
Alda meni,
Aldagani o‘zim yaxshi.
Suydim-kuydim, ko‘rmay qoldi ko‘zim yaxshi,
Senga tanho, senga topgan so‘zim yaxshi,
Alda meni.
Momo hayot, mujgonlaring nimaga nam?
Menga nima, bo‘lsa agar dunyo bir kam.
Kel, azizim, kel, yolg‘izim, kel, xotirjam
Alda meni.
Audio yozuvlar
Iltijo
Telegram
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish