Turnalar
2020
she'r
Alyorim qolur
TURNALAR
Gul faslida qalbga gulmas, ignalar to‘ldi,
Qiynalganim ko‘rib, gullar qiynalar bo‘ldi.
Tuma emas, ko‘klardagi oltin arg‘amchi,
Yo sen aldamchisan, yorim, yo men aldamchi.
Yo‘qsa nechun mening fasli bahorimda g‘am,
Biz-ku odam, diydorlashur dashtda o‘tlar ham.
Tuma emas, ko‘klardagi oltin arg‘amchi,
Yo sen aldamchisan, yorim, yo men aldamchi.
Malhamingman, doim hamdam bo‘laman, derding,
Turna bo‘lib har bahorda kelaman, derding.
Ayt-chi, unda nechun meni sevaman, derding,
Turna bo'lib har bahorda kelaman, derding.
Turna emas, ko‘klardagi oltin arg‘amchi,
Yo sen aldamchisan, yorim, yo men aldamchi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish