Mening sevgim

2020 she'r Alyorim qolur

MENING SEVGIM Mening sevgim, mening g‘ussam, Sendan qanday ko‘ngil uzsam. Ishon, so‘zim yolg‘on emas, Ko‘ngil uzmoq oson emas. Mening Majnun holimga boq — Ko‘zimning yoshlari irmoq. Qiyin emas ko‘ngil bermoq, Ko‘ngil uzmoq oson emas. Kecha biz shod edik, hay-hay, Go‘yo bizdan bo‘lak yo‘qday. Xayr deyman senga qanday — Ko‘ngil uzmoq oson emas. Kecha baxtli edik, jonim, Qumlardan uy qurdik, jonim. Qanday uyni buzdik, jonim, Ko‘ngil uzmoq oson emas. Degaylar, bu bir kam dunyo, Omonat goh, mubham dunyo. Uzilsa jon ne g‘am, ammo Ko‘ngil uzmoq oson emas!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.