Mirtemir va mening ammam

2007 She'r Saylanma

Paykaldan bosh ko‘tarmaydi Xalcha xola, Xalcha xola tandir-tandir non yopadi. Bir she’r yozsang — kulib tursa to‘qqiz bola, Ana endi, Mirtemirni kim topadi?.. Xadichadir asli oti, bilmasman ham, Xalchaga mos lekin kelbat, salobati, Bilganim shu — bundaylarsiz dunyo bir kam, Mana endi, Mirtemirni kim topadi? To‘qqiz o‘g‘li to‘qqiz yurtga ketdi to‘zib, Xalcha o‘zi qurt boqadi, yer chopadi, Bir qo‘shiq bor yig‘idek uning bo‘zi, Ana, endi Mirtemirni kim topadi? U otamning yolg‘iz singli, didi nozik, Bir kun borsam oldiga zo‘r she’rim yozib, Tuzuk dedi. Lekin, derdi, buyuk hamma, Ammo... endi Mirtemirni kim topadi?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.