Rayhon
2020
she'r
Alyorim qolur
RAYHON
Rayhon, aylanay rayhoningdan sening,
Oyqaboq go‘zalim, joningdan sening.
Kulib ko‘klaringdan tushmaysan, qara,
Oy o‘tsa uyalar yoningdan sening.
Yetti iqlim aro yetsaki izing,
Tuproqqa to‘kilgay tutday xush ising.
Gulga tegsa, gulxan paydo qiladur,
Suvga tegsa, suvni yondirar yuzing.
Hurlardan hur o‘zing, xurshidi tobon,
O'zing rayhonsan-u vujuding rayhon.
Bu yorug‘ dunyoda sendan suluv yo‘q,
Mendan bechora yo‘q, mendan notavon.
Sen Arshi a’loda jannatiy chashma,
Men yerda yonaman, tomchingga tashna.
Ko‘klarga qo‘lini tutgan qulingman,
Zilolim, uvolim tutgay, adashma.
Rayhon, aylanay rayhoningdan sening,
Oy o‘tsa, uyalar yoningdan sening.
Kulib ko‘klaringdan tushmaysan sen-da,
Menga-da joy yo‘q osmoningda sening.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish