Afrosiyob

2020 she'r Alyorim qolur

AFROSIYOB Chopdi tinmay otlari Ko‘hna tarix arobasin. Ko‘mdi tuproq dodlarin Afrosiyob xarobasin. O‘tdi dunyo, ketdi dunyo, Yopildi to‘rt darvozasi. Qoldi Xayyom, qoldi Sino, Mir Alisher ovozasi. Tojtalabdir, taxttalab, Chopdi padarkush otasin. Ko‘kka sachrab qoni, chaqnab Qoldi Ulug‘bek shodasi. Ketdi paymoni to‘lib, Hatto Temurdek bobosi. Mangu o‘chmas yod bo‘lib Qoldi Boburbek nomasi. Ne jahongir o‘chdi shami, Vayron bo‘lib koshonasi. Shohlar ichra qoldi nomi Bir Mashrabi devonasi. Holidin bo‘lmay zohir, Kulgandi o‘z zamonasi. Qoldi Majnun, qoldi Tohir — Zuhrolarni afsonasi. Ko‘zga surtgil to abad Tuprog‘i xokin nolasin. Qadni tik tutgil, Muhammad, Sen ham o‘shalar bolasi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.