Muhabbat azoblari

2020 she'r Alyorim qolur

MUHABBAT AZOBLARI Baxtiyor bolaligim Yopildi kitoblari, Boshladi navosini Ruh afg‘on ruboblari. Endi to‘rt yon termulib, Topmadim sizdan xabar. Qaydasiz, qaylardasiz, Ilk sevgi janoblari? Kecha bir ko‘chadan ot O‘ynatib o‘tgan edim, Kecha men bir qizchani Yig‘latib ketgan edim. Yig‘ladim endi o‘zim, O‘rtadi azoblari. Qaydasiz, qaylardasiz, Ilk sevgi janoblari? Yorginam ko‘z yoshlari Yomg‘irday mayin edi. Mayli, sizga yoqmasam, Endi ketayin, dedi. Ketdi u bilan ko‘kim Oylari, oftoblari. Qaydasiz, qaylardasiz, Ilk sevgi janoblari?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.