Ajab

2007 She'r Saylanma

Cho‘pon bir qo‘zini qo‘ysa yo‘qotib, Lol bo‘lmang, o‘zini qo‘ysa yo‘qotib. Xotinin uyg‘otib, o‘g‘lin uyg‘otib, Jonivorin izlab qilar tongotar... Dehqon sigir sotib qo‘ysa — yig‘laydi, Uyalib, haftalab uydan chiqmaydi. To‘pori ko‘ngliga qil ham sig‘maydi, Gavhar yo‘qotgandek qayg‘uga botar. Dunyoning ishlarin o‘ylab bosh qotar: Mudom tushunganlar ko‘kka tosh otar. Sotmaydi yurtini biror otboqar, Sotsa, zerikkandan ziyoli sotar!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.