Aldama

2020 she'r Alyorim qolur

ALDAMA Ishongandim do‘stimga Ishonganday o‘zimga. Do‘stim meni aldadi, Xanjar urdi ko‘ksimga. Bog‘lardagi gul, yaproq, Endi menga do‘st, o‘rtoq. Gulxan bo‘lib charsillab, Bag‘ri-dilim yonar, voh. Olmani otdim otganga, Diydasi tosh qotganga. Dunyo bo‘lsin qorong‘u O‘z do‘stini sotganga. Ishongandim yorimga, Suyukli dildorimga. Yorim meni aldadi, Quloq solmay zorimga. Tog‘lardagi qizg‘aldoq Endi menga yor, hamroh. Gulxan bo‘lib lovullab, Bag‘ri-dilim yonar, voh. Olmani otdim otganga, Yuragi tosh qotganga. Dunyo bo‘lsin qorong‘u, Sevgisini sotganga.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.