Ajab dunyo

2019 she'r Quyoshga qarab oqqan suv

Ikki buyuk shoir, ikki musofir - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Sizni o‘ylatmasmi bu jumboq, bu sir, Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur... Buni tasodifmi atayin, ayting, Qitmir qismat o‘yni deyinmi yo bir? Ko‘rib qo‘y, Turkiston, ikki shoh bayting - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Jafo etganga ham jabr etmadik, Gadoni siyladik goho, Xudo bir. Daholarimiz qadriga yetmadik - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Yer yonar jahannam afg‘onda yal-yal, Kulrang ko‘rpa yanglig‘ bulut yonodur. Yonar ne tiklagan bo‘lsa bir mahal - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon, Ikki buyuk dildan yo‘qdir sado bir. Biz g‘animga bejang topshirgan qo‘rg‘on - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Uchrashishmagandi ular hayotda, Yoturlar yonma-yon ikki lahatda. Nima deysiz endi, hayot-hayot-da - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.