Qiyomat

2020 she'r Alyorim qolur

QIYOMAT Qiyomatda qorayar quyosh, Osmon qora dudga to‘ladi. Munofiqlar mushukday yuvosh, Fohishalar otin bo‘ladi. Qiyomatda qurbaqa bulbul, Qamishzorlar aylanar toqqa. Qo‘ng‘izchalar bo‘ladi duldul, O‘g‘rilar qorovul chorboqqa. Qiyomatda qullar qorni to‘q, Hojalari bo‘lar nonga zor. Shoir bilan shohning ishi yo‘q, Zindonbonlar qo‘shiqlar yozar. Qiyomatda bo‘lmaydi hiyla, Yomg‘ir — sharob, gazagi — ilon. Hech kim qusmas do‘stlari ila Bir qadah may ichib, bir jom qon To‘rt faslning bo‘lmaydi qishi, Qiyomatda afsona bo‘lmas: Yusufini quduqqa pishib, Akalari tortib oladi... Qiyomatda hamma cho‘k tushib, Muhammadni eslab qoladi!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.