Marsiya
2020
she'r
Alyorim qolur
Farzand dog‘i kuydiradi kuygan sari,
Diydalari ko‘z o‘ngidan ketmas nari.
Onazorin tilab olgan bolalari,
Afg‘on qiriarida qolgan bahodirlar.
Alvon-alvon gullar yog‘ar adirlarga,
Qo‘l yetmaydi sizlar yotgan qabriarga.
Olis yurtda yo‘ldosh bo‘lib Boburlarga,
Afg‘on qiriarida qolgan bahodiriar.
Jaloliddin qoni jo‘shdi qoningizda,
Umid qilib uzilmagan joningizda.
Navoiydek zotlar yotar yoningizda,
Afg‘on qiriarida qolgan bahodirlar.
Yigit bo‘lib yayrabgina yurmay ketgan,
Bir qiz kokillarin ko‘zga surmay ketgan.
Tug‘ilgan bolasin bo‘yin ko‘rmay ketgan,
Afg‘on qirlarida qolgan bahodirlar.
Xazon bosib kun ko‘rmagan g‘ussalarim,
Paxtazordan chiqqan ozg‘in jussalarim.
Uvolgina ketgan Mo‘min Mirzolarim,
Afg‘on qirlarida qolgan bahodirlar.
Kimga kerak bo‘ldi, kimga kerak bo‘ldi?
Siz o‘ldingiz, kimning bo'yi terak bo‘ldi?
Bu dunyoda o‘lim ham bir ermak bo‘ldi,
Afg‘on qirlarida qolgan bahodirlar.
Qon dilimdan sha’ningizga she’r tiladim,
Dunyo mendan, men dunyodan o‘pkaladim.
Tug‘ishgandan aziz mening ukalarim,
Afg‘on qirlarida qolgan bahodirlar.
Farzand dog‘i kuydiradi kuygan sari,
Diydalari ko‘z o‘ngidan ketmas nari.
Onazorin tilab olgan bolalari,
Afg‘on qirlarida qolgan bahodirlar.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish