O'zbek egan nom
2020
she'r
Alyorim qolur
Bir to‘kilib tag‘in qomat tikladik,
Yelkalarga millat yukin yukladik.
Ozod vujudlarda ruh bo‘ldi bino,
Binolar o‘rnida davlat tikladik.
Qay kun tildan uchdi qadrdon kalom —
Dunyolarni quchdi o‘zbek degan nom!
Boshin ne toshlarga urdi bu diyor,
Necha vayron bo‘ldi, qurdi bu diyor.
Tojmahal me’mori, Nilning mirobi,
Imom Buxoriylar yurti bu diyor.
Bizni yo‘qlaganga bizdan ham salom,
Dunyolarni quchdi o‘zbek degan nom!
Vatan, aylanayin tuproqlaringdan,
Bog‘da gul, tog‘dagi giyohlaringdan.
Boqsang, nur yog‘ilar nigohlaringdan,
Ayro tushmay aslo quchoqlaringdan.
Asqotdi sen o‘zing qurgan zuvolam,
Dunyolarni quchdi o‘zbek degan nom!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish