Vataning bo'lsin

2020 she'r Alyorim qolur

Vatan jon, birovga berib bo‘lmaydi, Bilsang gar, yurakda sherik bo‘lmaydi. Panohdir tog‘lari, bog‘lari senga, Vatansiz jangga ham kirib bo‘lmaydi. Vatansiz bo‘lmoqdan asrasin Xudo, Jon elim, sen meni aylagin duo. Ayvonimga kelgan qaldirg‘oching ham — Men uchun baxt qushi, men uchun Humo. Havosi musaffo gulshaning bo‘lsin, Avvalo, boshingda Vataning bo‘lsin. Qush bo‘lsang, sayrovchi chamaning bo‘lsin, Avvalo, boshingda Vataning bo‘lsin. Ayt, qani, o‘zingdan bormikan ulug‘, O‘zbegim, men senga qilaman qulluq. Chunki ajdodlarim yotgan har parcha, Har qarich tuprog‘ing non kabi ulug‘. Vatan jon, birovga berib bo‘lmaydi, Bilsang gar, yurakda sherik bo‘lmaydi. Panohdir tog‘lari, bog‘lari senga, Vatansiz jangga ham kirib bo‘lmaydi
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.