Vatan yagonasan
2020
she'r
Alyorim qolur
Bobolar kalomi tilimda doim,
Sen uchun yuragim qo‘limda doim.
Sog‘inaman yurgan yo‘limda doim,
Vatan, yagonasan dilimda doim.
Bahorlar o‘tadi, yozlar o‘tadi,
Osmonni to‘ldirib g‘ozlar o‘tadi.
O‘zingdan o‘zga so‘z — sozlar o‘tadi,
Vatan, yagonasan dilimda doim.
Bu yorug‘ olamning jannatlari bor,
Vatandan bo‘lagin minnatlari bor.
Joningga jonimning payvandlari bor,
Vatan, yagonasan dilimda doim.
Dunyolar ichida o‘zing bir dunyo,
Qo‘yningda yursam ham goho sir dunyo.
Onam deymi seni, singlim deymi yo,
Vatan, yagonasan dilimda doim.
To jahon bor ekan, hamisha bor bo‘l,
Temuming yurtisan, doim tojdor bo‘l.
Poyimga baxshida jonimga yor bo‘l,
Vatan, yagonasan dilimda doim.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish