Xalq bo'l elim

2020 she'r Alyorim qolur

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim, Qumlar bosib qurimasin daryolarim. Alpomishga alla aytgan momolarim Ruhini shod etay desang — xalq bo‘l, elim!.. Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana, Dovrug‘i ham dardi sendek kim bor yana. Xalq bo‘lishga haddi sendek kim bor yana, Moziyni yod etay desang — xalq bo‘l, elim. Sen tebratgan beshigini Sohibqiron, Sening bolang yulduzlarga qo‘ygan narvon. Bir mayizni qirqqa bo‘lgan bir tanu jon — Kunlaringga qaytay desang — xalq bo‘l, elim. Daryo bo‘lib jo‘shgin endi zavqi ulug‘, Bayramingda sevinch ko‘z yoshingga qulluq, Yurtim degan jasur Yurtboshingga qulluq, Unga qanot bo‘lay desang — xalq bo‘l, elim. Bo‘lar elning bolalari bir-birin der, Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer. Bir bo‘l endi, qadri baland qaddingni ker, Xalq bo‘l, elim, xalq bo‘l, elim, xalq bo‘l, elim!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.