Sanam
-
She'r
Internet manba
SANAMJON
Men bir toshqin daryo edim, oqmadim,
Qo‘lim bilan chakkangga gul taqmadim.
Men zamonga boqdim, zamon boqmadi,
Qahri qattiq zamon bo‘ldi, sanamjon.
Otang mendan, gadosan, deb or etar,
Ko‘zlarimga keng jahonni tor etar.
Bilmam, endi kimga seni yor etar,
Vasling dilda armon bo‘ldi, sanamjon.
Qayga bormay, yodimdadir xayoling,
Ko‘z oldimdan ketmas oyday jamoling.
Kunlar kelar, nasib etgay visoling,
Dil orzuga oshyon bo‘ldi, sanamjon.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish