Qo'yavering

- She'r Internet manba

Shamol sabab, ehtimol, Tunda eshik g‘ichirlar. Boshlanadi qishloqda, Sekin pichir-pichirlar Sizga nima? Siz uxlang, Hech ishingiz bo‘lmasin. Kimda kimning ko‘ngli bor, Qo‘yavering, o‘ynasin... Oshiqlarim oshiqdek, Mayli, ko‘ngil xushlashsin, Ikki oshiq istasa, Shamol bilan mushtlashsin. O‘ksimasin qiz qalbi, Yigit ra'yi o‘lmasin- Kimda kimning ko‘ngli bor, Qo‘yavering, o‘ynasin... G‘iybat qilmang yigitni, Uyaltirmang qizni ham. Shunda o‘tli muhabbat Siylar bo‘lsin sizni ham, Bir sovuq so‘z tufayli, Sevgi bog‘i so‘lmasin. Kimda kimning ko‘ngli bor, Qo‘yavering, o‘ynasin... Ilk sevgidan iymanib, So‘ng pushaymon yonsa ham, Sepli qizga suykanib, Epli qizdan tonsa ham- Nasib etmay yor vasli, Endi hajri qiynasin!.. Kimda kimning ko‘ngli bor, Qo‘yavering, o‘ynasin... Ikki yorti bosh uzra Porlasin ishq quyoshi. Qizga hayo, yigitning G‘urur bo‘lsin yo‘ldoshi. Diydoriga bir-birin Termulishib to‘ymasin. Kimda kimning ko‘ngli bor, Qo‘yavering, o‘ynasin.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.