Qodiriy bobom
-
She'r
Internet manba
Tushimga kiradi QODIRIY bobom:
Bolam, oqibating yo'q ekan, bolam...
Bo'lsa agar mening go'rimni top, der,
Kelib ochiq qolgan ko'zimni yop, der,
Hammamizga qabr bir joydan tegdi โ
Bari bobolaring yonimda, deydi.
Qabrlar qabrga birlashib ketgan,
Qo'llar bo'yinlarga chirmashib ketgan,
Bamisli shoxdan duv to'kilgan bodom โ
Yotar bepayon maydon to'la odam...
Rutubatli Shimol o'rmonlarida
Qayinlar ho'ngrab quyoshni uyg'otar.
Qarang, CHO'LPONingiz
So'nggi makonida
Beqasam choponin yopinib yotar.
Yotar alpqomatli bahodirlar qator,
AKMALlar,
QODIRlar,
SHOKIRlar yotar,
Yotar FAYZULLOlar,
Yotar AHMADlar,
Xudo raxmat qilgur,
Xudo raxmatlar...
Ularning sanog'i yulduzdan ham ko'p,
Yurtim, dilbandingdir har giyoh, har cho'p.
Fidolaring bo'lgan farzandlaringdir,
Nomdor-u nomsizin hoki poyin o'p!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish