Maktub

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Sevgilim, Sevgilim, Og'riydi dilim. Jonim og'riyverar sizni o'ylasam. Gulday yuzingizni silar endi kim, Meni eslarmisiz - yo'qmi o'shal dam... Bulutlar ko'k kezar kunda piyoda Ufqqa oftob botar qizil gulxanday. Armonim ekansiz yorug' dunyoda, Sizni o'ylamasdan yasharman qanday? Ko'nglim ayvonida kuz hushtak chalar, Ko'zimdan yosh bo'lib yog'adi yaproq. Do'stlarim - takabbur shoirvachchalar O'zlarin sevishar yoridan ko'proq. Sevgilim, Sevgilim, Og'riydi dilim. Jonim og'riyverar sizni o'ylasam. Sunbul sochingizni silar endi endi kim, Meni eslaysizmi-yo'qmi o'shal dam. Bilmayman. Bilishni istamayman ham. Bilganim-baxt menga nasib etmadi. Yillar o'taverdi, ko'zim o'ngidan, Sizning oydek ruhsoringiz ketmadi... Dunyo omon bo'lsin, Siz bo'ling omon, Omadli bo'ling siz. Baxtli bo'ling siz. Lekin Bilib qo'ying, Bilib qo'ying, hamon Sizni unutolmas Muhammadingiz!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.