Oq tulporim

- She'r Internet manba

Oq tulporim bor edi, Beklar unga zor edi. Og‘aynilar, ot menga Ham do‘st-u ham yor edi. Yolin o‘psam tiz cho‘kib, Kaftimdan suv ichardi. Chuh, desam yer changitib, Osmonlarga uchardi. Uyimizga bir oqshom, Qarindoshlar to‘lishdi. To‘y bahona otimdan Ayirmoqchi bo‘lishdi. Otam, yigitsan, o‘g‘lim, Uylanmasang, or, dedi. Qiz yarashar quchoqqa, Otga nima bor, dedi... Ot oldidan boshlandi Chimildiqqa yo‘lakcha. Kechir, yorim, na qilay, Otga mehrim bo‘lakcha... Qoldim ikki o‘t aro, Go‘shangada – dildorim. Kelin kelgan kechadan Arazladi tulporim. Bormi bizdek oshiqlar, Bahorimda kuz yig‘lar. Qizni o‘psam, ot yig‘lar, Otni o‘psam, qiz yig‘lar. Bir bor o‘psam xotinni, Uch bor o‘pdim otimni... Jonni qiynab yashadim, Kimga aytay dodimni. Yordan kechdim otim deb, Elga bo‘ldim ermaklar. Qaydan bilsin ot qadrin, Ot minmagan erkaklar!?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.