Men bittadurman

- She'r Internet manba

Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko‘p, Husning oshiqlari - adolaring ko‘p. Nimang ko‘p, ko‘yingda gadolaring ko‘p, Ammo men bittaman, men bittadurman. Bek yigit bir sening poyingda xorman, Garchi diydoringga mushtoq-u zorman, Men beun sevarman, men jim sevarman, Qiyomatgacha shul sukutdadurman. Deydilar: muhabbat bilmas masofa, Ayriliqni pisand qilmas masofa. Kelursan o‘zing deb bir kun insof- Gohi Toshkent, gohi Urgutdadurman. Tiling bilmasam ham tushungandayman, Sen bilan gohi do‘st tutungandayman. Gohi bu do‘stlikdan o‘kingandayman, Ming bir xayol ichra ming bittadurman. Suymoq - bu gulxanda kuymoq azali, Men shahar erkasi, sen tog‘ go‘zali.  Eslab yur yodingga tushgan mahali- Shaydolaring ko‘p-u, men bittadurman!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.