Haqiqat

- She'r Internet manba

Yuraging siqilib borib shahardan, Sekin gapga solsang mo'min dehqonni. Qodiriyni eslar yozuvchilardan, Artistlardan esa - Shukur Burhonni... Sening tilla gardish ko'zoynaging bor, Lekin berkitolmas u ham ginangni. Nafis jild kitoblar yig'massan bekor, Bekor olmagansan pianinangni. Mana ko'rib qo'ying - Odaliska bu. Ranglarga e'tibor bering, ranglarga. Behzod chizgilari emas sizga bu. San'atda yetmoq yo'l bo'lsin bizga bu Nozikfahm rum - faranglarga. Mana bu Otello. O'sha xabash shox. Sahna - Ovrupodir (yana o'sha yoq). Dunyoda hech kimda yo'q bunday ovoz, Dunyoda hech kimda yo'qdir bu nigoh!.. Deysan: bu kitobim ichi to'la dur, Deysan: bu kitobim bitta nusxadir, Tasvir o'zi hayot, jumla qisqadir, Lekin baribir... Lekin baribir, Yuraging siqilib borib shahardan, Sekin gapga solsang otang - dehqonni, Qahhorni eslaydi yozuvchilardan, Artistlardan esa Halimaxonni.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.