Bir qiz bor

- She'r Internet manba

Bu bahaybat hovlida Nozikkina qiz yashar. Bir kun ko‘zim tushgan, u Bizlar tengi, biz yashar. Oydek desam-to‘lin oy, Guldek desam-guldek bor, Lekin juda erkatoy, Lekin juda dimog‘dor. Bu erkatoy qizgina, Meni pisand qilmaydi. Bu dunyoda birgina Men gapirsam kulmaydi... Hashamatli bu uyga, Qaydan tushdi nigohim? O‘sha mening azobim, O‘sha mening gunohim. O‘sha-o‘sha men yurgan Yo‘limga o‘y to‘shayman. Qari onam ko‘ziga Qarolmasdan yashayman...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.