O‘quvchimga

2007 she'r Saylanma

Bolamdayin shirin edi kecha she’rim, Vidolashdim hali yozib ulgurmayin. Sizga yetmay nobud bo‘ldi necha she’rim, Birov yirtdi, blrov yoqdi bildirmayin. Olchoqlardan asrolmadim bolamni men, Ko‘zi yumuq ketaverdi bilmay aybin. Qaydan topay kezib yetti olamni men, Kimdan so‘ray she’rlarimning uvol, xayfin? Kim biladi, men ham shoir edim balki, Tuproq bo‘lib yotar yerda qo‘shiqlarim. Yulduz bo‘lib turar balki ko‘kda balqib, Ko‘lga cho‘kib ketmish balki ko‘ngli yarim. Ne bo‘lsa ham asrolmadim, menda gunoh, Bolamdayin shirin edi kecha she’rim, Birov yirtdi, birov yoqdi bildirmay, oh, Sizni ko‘rmay nobud bo‘ldi necha she’rim! Azizimsan, Baxtiyorimsan, Ishonganim — vafodorimsan. Yolg‘izimsan... Umrim o‘lchovli Qarg‘a esa mingga kiradi. Bilib yurar, Ko‘rib turadi. Quzg‘un — ajal topar bexato. Jondan ortiq ko‘raman lekin Seni bog‘lab qo‘ygan yo‘q, ota... Qarg‘a esa mingga kiradi. Yurak tokay urib turadi? Yurak tingay to‘lsa paymona. Mayus chehrang ko‘ksimni yoqib Sen ham oir kun o‘tarsan, ona Qarg‘a esa mingga kiradi. Yillar bizni o‘rib turadi. Uyda, yo‘lda, shoshib — shoshmasdan Xayrlashib-xayrlashmasdan Erib, oqib o‘taveramiz Qarg‘a esamingga kiradi. Sochgum gulday dunyoga mehrim. Toki yurak urib turadi. Sen abadiy yashaysan, she’rim — Qarg‘a faqat mingga kiradi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.