Alpomishlar
-
She'r
Internet manba
Alpomishlar yurti bu diyor,
Doston bo‘lgan Rustamlari bor.
Shu o‘lkada oftob ayvoni,
Shu o‘lkadan boshlanar bahor.
Go‘zal yurtning ko‘rkiga chiroy —
Uzun kokil malak Barchinoy.
Hur qizlari ko‘cha to‘ldirsa,
Go‘yo yerda suzib yurar oy.
Men ham shu el farzandidirman,
Ko‘z qorasi, dilbandidirman.
Erkalanib bag‘rida o‘sdim,
Men ham uni jondan suyarman.
Alpomishlar yurti bu diyor,
Doston bo‘lgan Rustamlari bor.
Shu o‘lkada oftob ayvoni,
Shu o‘lkadan boshlanar bahor.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish