O'zbek

1997 She'r Saylanma

Sen paxta terarding yetti bukilib, Paykalingda eding ey onajonim. O`zbekmisiz, deya g`alati kulib, Mendan so`rab qoldi bir tannoz xonim. Tannozlar bilan ne ishim bor, Yorab, Ammo tushundim bu ishorasiga. Qarshimda turardi u ermaktalab, Malika boqqandek fuqarosiga... Mana, gazetalar chiqdi qo'ynidan, Hammasi o`zicha qiladi talqin. Tillolar topilgan emish uyingdan, Oltinga ko`milib qolibsan, xalqim. Sen nega o`rimga bormaysan yozda, Yoki sen otangni o'gay o'g'lisan?! So'ksa indamaysan, qo'ymi - to'qlisan, Ursa yig'lamaysan, demak - o'g'risan! Sahardan shomgacha mo'ltirab, ko'zing Ko'rmay qolgunicha chopding dalangni. O'g'rilik qilmasang, ayt axir o'zing, Qanday boqayapsan shuncha bolangni. Xonim nigohidan uqqanlarim bu, Ko'nglimdan kechganin bilib turadi. Yasama yuzida yasama qayg'u, O'zbekmisan, deya kulib turadi. Bir boplay dedimu tilimni tiydim, Mayli, odam qurib shunga so'z deymi. O'zbekni yer tanir, Osmon taniydi. Tannozlar qayoqdan bilsin o'zbekni!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.